-
Champo otli ilon - qissalar
Champo otli ilon - qissalar
Описание:

Erkin Malik - Champo otli ilon. Bu kitob, nafaqat ajoyib va g'aroyib ilonlar, vafodor itlar haqida, balki urushda bedarak ketib sotqin degan nom olgan bobosining qutlug' nomini tiklagan nevaralar va yurt egalari bilan nimalar bo'lgani haqidagi qissalardan iborat kitobdir.

 

Ayiqcha taptapvoy va uning do'stlari
Ayiqcha taptapvoy va uning do'stlari
Описание:

Ushbu kitobdagi voqea o'zbek va rus tillarida yozilgan. Kitobdagi qahramonimiz Taptapvoy ismli ayiqcha bo'lib, U juda shumtaka va to'polonchi edi. Uning ota onasi, do'stlari va boshqa o'rmon jonivorlari ko'p nasihatlar qilishadi

Sehrli uzuk (Rus xalq ertaklari)
Sehrli uzuk (Rus xalq ertaklari)
Описание:

Ushbu kitobda rus xalq ertaklari jamlangan. Kitobdagi ertaklar bolajonlarning fikri va nutqini rivojlantishiga sabab bo'ladi. Kitobda eng qiziqarli va ibratli hikoyalar o'rin olgan. Bolalar bularni o'qib yaxshilik va yomonlik, yomon ishlarning oqibati, yaxshilik mukofoti haqida ibratli voqealarga duch keladilar.

O'zbek xalq ertaklari 3-qism
O'zbek xalq ertaklari 3-qism
Описание:

Bu kitob maktab yoshdagi bolalar uchun ajoyib ertaklarni hikoya qiladi. Bu ajoyib ertaklarni bolangizga o'qib bersangiz ham ular qiziqish bilan tinglaydilar. Ertaklar bolaning tafakkuriga tasir qiladi. Ularni fikrlashga chorlaydi. marhamat kitobni yuklab oling. 

Oppog`oy va yetti gnom (Jahon xalq ertagi)
Oppog`oy va yetti gnom (Jahon xalq ertagi)
Описание:

Bu Qirolicha ekan. U oq matoga gullar tikar va o'ylardi: «Agar mening jajji qizalog'im bo'lganida qanchalar baxtli bo'lar   edim!» 

Qorbobning topshirig`i
Qorbobning topshirig`i
Описание:

Turdi bilan Asqar archa bayramidan qaytib kelishardi: ikkovlari xursand, kayflari chog', qo'ltiqlarida qorboboning shildiroq xaltaga solib bergan sovg'a-salomi. Taassurotlar shu qadar ko'pki, bir-birlariga gal bermay gapirishgani-gapirishgan. Ayniqsa, qorbobo zo'r ekan, qorqiz Turdiga ham, Asqarga ham uncha yoqmadi. O'zlari bilan o'qiydigan o'sha qaqildoq Salima ekan.

Uolt Disney
Uolt Disney
Описание:

Quyosh ufqdan bosh ko'tarib mo'raladi. Quyoshning ilk nurlari Afrika tekisliklariga tushishi bilanoq, barcha jonzotlar uni olqishlab kutib oldi. Qushlar ko'kka ko'tarildi, zebralar chang ko'tarib, yugura boshlashdi, jirafalar bo'ynini cho'zdi.

Qaldirg`och
Qaldirg`och
Описание:

Sinf xonasi jaranglab ketdimi? Deraza oynalarigacha  zirillab  ketdi-ya.  Ammo...   Nega  qo’rqanman? Nima gunox qildimki, qo’rqishim kerak? - Bezbet! Bexayo! Sen... ga aytayapman!

Umida Abduazimova
Umida Abduazimova
Описание:

Bir kuni shu savolni dadamga berdim. Dadam, derazadan uchib onangning qorniga kelib tushgansan. Undan keyin shu qorindan bizning hovlimizga, degandilar. O'shanda oyimning qornilari mana bun-do-o-q  kattakon  edi.

Non va oltin (jahon ertaklari)
Non va oltin (jahon ertaklari)
Описание:

Ushbu kitobda jahon mamlakatlarining eng mashxur ertaklari jamlangan. Ertak turli mavzularda bo'lib, asosan hayvonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, o'rmon hayvonlarining o'zaro muomalalari, do'stlik va dushmanlik va boshqa shu kabi hikoyalar jamlangan.

Sehrli ketmon (hikoya kitob)
Sehrli ketmon (hikoya kitob)
Описание:

O'tgan zamonda bir karvonchi boy bo'lgan ekan. Uning aqlli bir o'g'li va nihoyatda chiroyli bir qizi bor ekan. Kunlarning birida bu karvonchi safarga bormoqchi bo'lib, o'g'lini ham o'ziga hamroh qilib olibdi. Qizini esa unga saboq berayotgan domlasiga omonat qilib topshiribdi.

Sehrli bo'r
Sehrli bo'r
Описание:

Norveg adibasi Sinken Xopp qalamiga mansub ushbu ertak qahramonlarining harakatlari, hazil-mutoyibalari bolalar qalbiga juda yaqin. Ertakda ijtimoiy, pedagogik, axloqiy muammolar ochib beriladi va do'stlik, birdamlik, sadoqat kabi insoniy fazilatlar tarannum etiladi. Ertakda qorishib ketgan kulgi esa xayoliy orzulami bachkanalikdan himoya etib, o'quvchini samimiy orzularga oshno qiladi.

Gulliverning sayohatlari
Gulliverning sayohatlari
Описание:

Uch havozali "Ohu" kemasi Janubiy okeanga jo'nab ketmoqda edi.  Quyruq tomonda turgan kema vrachi Gulliver durbindan bandargohga tikilardi. U yerda  xotini bilan ikki bolasi — o'g'li Jonni va qizi Betti qolgan edi.  Bu Gulliverning birinchi marta dengiz safariga chiqishi emasdi. .... Davomini o'qish uchun kitobni yuklab oling

 

Quyonlar saltanati
Quyonlar saltanati
Описание:

Bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboevning ushbu kitobini etiboringizga havola etamiz. Kitob asosan yosh kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

O'zbek xalq ertaklari 1-qism
O'zbek xalq ertaklari 1-qism
Описание:

Bu kitob maktab yoshdagi bolalar uchun ajoyib ertaklarni hikoya qiladi. Bu ajoyib ertaklarni bolangizga o'qib bersangiz ham ular qiziqish bilan tinglaydilar. Ertaklar bolaning tafakkuriga tasir qiladi. Ularni fikrlashga chorlaydi. marhamat kitobni yuklab oling.

Meshpolvon
Meshpolvon
Описание:

Sepkilshohning askarlari tinch qishloqni talab, ko‘pchilikni qul va cho‘ri sifatida haydab ketishadi. Bandilar orasida Meshpolvonning yarador dadasi va ko‘zlari kiyiknikidek chiroyli onasi ham bor edi. Kunlardan bir kuni Meshpolvon o‘qlovni nayza, qozonqopqoqni qalqon, daskallani qilich qilib, ota-onasini ozod etish uchun cho‘loq xachirda jangga jo‘naydi...

Anvar Obidjonning o‘zbek xalq dostonlari yo‘lida yozilgan ham quvnoq, ham mushohadatalab qissasi ana shu safar sarguzashtlari haqida.

Baron Myunxauzen sarguzashtlari
Baron Myunxauzen sarguzashtlari
Описание:

Chuvakkina, qushburun, keksa bir kishi kamin yonida yonboshlab o'tirib, o'z boshidan kechirganlarini hikoya qilar edi. Gapini  U qanday qilib oyga uchganini, uch oyoqli odamlar orasida qanday yashaganini, qanday qilib uni nahang baliq yutib yuborganini, kallasi tanasidan qanday qilib judo bo’lib qolganini bamaylixotir hikoya qilar edi.

Ertaklarda matematika
Ertaklarda matematika
Описание:

Ushbu to‘plam muallifning  ko‘p yillik ish tajribasining mahsuli bo‘lib, o‘quvchini mantiqiy fikrlashga muammolarni tez va oson hal qilishga, topqirlikka undaydi. Masalalar muhim ahamiyatga molikligi bilan ham aziz o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi degan umiddamiz. 

Dyuymchaxon
Dyuymchaxon
Описание:

Qadim zamonda bir ayol yashar ekan. Uning farzandi yo'q, lekin farzandi bo'lishini judayam orzu qilar ekan. Bir kuni u sehrgar kampirning huzuriga borib shunday debdi:

—  Men bir qizalog'im bo'lishini juda-juda istayman, u jimitday kichkinagina bo'lsayam mayliga!

Moviy ot izidan.
Moviy ot izidan.
Описание:

Bahor. Bodom gulladi. Bog' yonidan o'tsangiz o'rikning oppoq gullari sizni quchoqlash uchun uchadi. Anhor suvlari xushchaqchaq parilar kabi shodon kulib, o'z ertaklaridan so'zlaydi. Maysalar ko'klam isini atrofga taratish bilan ovora. Tabiat ona zaminga quvnoq liboslar tikib beryapti. Butun olam harakatda. Maktab bog'ida qizlarning shodon kulishlari quloqqa chalinadi.

Farishta Mimining Boshidan Kechirganlari
Farishta Mimining Boshidan Kechirganlari
Описание:

"Farishtalar saltanatidagi o'n besh yoshni qarshi olgan har bir farishta sayohatga chiqishi zarur. Belgilangan muddatgacha ular o'z-o'zini tushunib olishlari, qalblariga yaqin inson bolasini topib, bir umr unga to'g'ri yo'l ko'rsatishlari darkor. 

Xalq qahramonlari
Xalq qahramonlari
Описание:

Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O‘rta Osiyoda qadimgi ajdodlarimiz saklar, massagetlar, so‘g‘dlar yashaganlar. Ular mehnatkash, erksevar va jasoratli bo‘lishgan. Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish lozim-ki, qadimgi ajdodlarimiz xotin-qizlarni hurmat qilib, ularga izzat-ikrom bilan qarashgan. Chet el bosqinchilariga qarshi kurashda ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda turib kurashishgan

Sehrli ertaklar
Sehrli ertaklar
Описание:

Biz ertaklar, laparlar, aytishuvlar, topishmoqlar, allalar va maqollarni eshitib ulg‘ayganmiz. Xalqimizning xayoliy dunyosi, yuksak tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu yanglig‘ xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglab tafakkur olamimiz kengayib, oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay oldik. Insonni ma’naviy yuksaklik sari etaklovchi bu boy madaniy merosimiz asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, yillar o‘tgan sari sayqal topib bormoqda.

Tumshuq soqol qirol
Tumshuq soqol qirol
Описание:

Qadim zomonlarda qirollikda bir malika yashagan ekan. Uning go'zalligi haqida mish-mishlar butun dunyoga tarqalibdi. Malika haqiqatdan ham go'zal bo'lgan ekan,lekin shu qadar mag'rur va takabbur ekanki, bu borada unga teng kelolmas ekan. U bironta ham yigitni o'zizga qayliq qilib tanlamabdi.

Oltin shaxzoda
Oltin shaxzoda
Описание:

Juda qadim zamonlarda, dunyoda turli mo`jizalar ro`y berib turgan, sehrgar va jodugarlar ko`p bo`lgan paytlarda bir qishloqda Bartek degan bir kambag`al dehqon yashar ekan. 

 

Jo`va ko`targan tulki
Jo`va ko`targan tulki
Описание:

 Tulki so`qmoqda keta turib bir jo`va topib olibdi. Uni ko`targanicha yo`lida davom etibdi. Qishloqqa etib kelib bir uycha eshigini taqqillatibdi. Taq-taq-taq! 

 

Hitopadesha yoki ibratli hikoyalar
Hitopadesha yoki ibratli hikoyalar
Описание:

''Bola tarbiyasini sharq xalqlaridan o`rganish kerak", degan edi g`arb pedagoglaridan biri, zero sharq xalqlarida oilaga, bola tarbiyasiga qadim-qadimdan alohida e`tibor berib kelingan. Keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilayotgan ushbu asarni maktablarda o`qitilayotgan "Odobnoma" darslarida qo`shimcha adabiyot sifatida ham foydalanish mumkin.

Daydilar uchun dastur
Daydilar uchun dastur
Описание:

Mixani qaysi tomondan olib qaramang, u bari bir xamisha oyisining erkatoyi bo'lib kelgan. Boshqalar koptogingni o'ynashganda sen ko'zyoshi qilsang, e, bu oyisining erkatoyi ekan deyishadi. Sen hammaning ustidan shikoyat qilgani oying yoniga ketasan, bu paytda bolalar velosipedingda uchishayotgan bo'lishadi.

Mittivoy va tomda yashovchi Karlson
Mittivoy va tomda yashovchi Karlson
Описание:

Bu kitobchada Mittivoy laqabli Svante Svanteson degan oddiy bir bola, uning Karlson ismli ajoyib do'sti haqida hikoya qilinadi.

Hind ertaklari. Dono tabib.
Hind ertaklari. Dono tabib.
Описание:

Vazir shoh oldiga qaytib kelibdi. Kizlar qo'llaridagi idnshlariii suvga to'ldirishibdi-da, uy-uylariga qarab jo'nashibdi. Shoh bunday qapaca molparastning qizi yo'lda ketib borayotganmish, shunda u vaziriga qarab:

Besh jonlini bejon qilgan Bahodir.
Besh jonlini bejon qilgan Bahodir.
Описание:

Bor ekanda, yo'q ekan, och ekanda, to'q ekan, bir vaqtlar o'z soyasidan ham cho'chiydigan, chumchuq pir etsa yuragi shuv etadigan Bahodir ismli qo'rqoq bir kishi o'tgan ekan. Bahodir qo'rqoqligi ustiga yalqov ham ekan.

Samo tulpori. Sehrli ertaklar.
Samo tulpori. Sehrli ertaklar.
Описание:

Bor ekan-da, yo'q ekan, och ekan-da to'q ekan, omon-omon bo'lgan, yaxshi zamon bo'lgan bir paytda bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan. Quyon nog'orachi, fil azonchi ekan. Toshbaqa torozidor ekan. Qurbaqa undan qarzdor ekan, qurbaqaning ishi nuqul vaq-vaqligidan qarzndan hech qutulmas ekan.

 

Ertaklarning kumush kitobi.
Ertaklarning kumush kitobi.
Описание:

Go'dak o'n kunlik bo'lganida, onasining suti kamlik qilibli. Onasi qancha ovqat bergani bilan bola to'ymasmish. Ona bo'tqa pishirib beribdi. Bola uch tog'oracha bo'tqa eb, yana so'rabdi. Nima qilish kerak?

Sehirli Shamchiroq.
Sehirli Shamchiroq.
Описание:

Tog'dan toqqa sakrab, o'ynab yurgan kiyik,suv axtarib pastga tushibdi. U o'rmon ichkaricidagi buloqqa o'zini tashlabdi. Kiyik buloq suvidan ichib bo'lgach, atrofiga qarasa, chuqurlikda turgan emish. Irgib sakrab ko'ribdi. Chuqurlikdan chiqa olmabdi.

Ikki Do‘st
Ikki Do‘st
Описание:

Muazzam Ibrohimovaning “Ikki do‘st” kitobida uning tansihatlik haqidagi ertaklari jamlangan. Kichkintoylar uchun mo‘ljallangan bu ertaklarda ozodlikka rioya qilish, aql-idrok ham salomatlik uchun muhimligi hikoya qilinadi.

Kapalaklar Vodiysi
Kapalaklar Vodiysi
Описание:

Ushbu kitobga bolajonlar uchun yozilgan turli mavzudagi qiziqarli ertaklar jamlangan. Muallif har xil jonvorlar, tabiat manzalarining yorqin tasvirini yaratar ekan, ular orqali o‘zining ma’lum bir fikr xulosalarini bayon etadi. Ta’sirli voqea-hodisalar yosh kitobxonlarga boy taassurotlar qoldiradi. Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz.

Finist Sorlochinning Pati. Rus xalq ertagi
Finist Sorlochinning Pati. Rus xalq ertagi
Описание:

Bir savdogarning uchta qizi bor ekan. Ikki katta qizi kun bo'yi yasan-tusan qilib, ko‘zgu qarshisidan ketmas, kenjasi bo‘lsa, kamtar va mehnatsevar ekan. Savdogar savdo ishlari bilan shaharga jo'naydigan bo‘lib qolib, qizlaridan: «Sizlarga qanday sovg‘alar olib kelay?» - deb so'rabdi.

Sehrli ertaklar
Sehrli ertaklar
Описание:

Mazkur kitob Xitoy, Koreys va Rus xalqlari ertaklari jamlangan. Qiziqarli, rangli rasmlar bilan boyitilgan qisqa, ammo eng jajji kitobxonlarga ham birdek tushunarli bo‘lgan ushbu kitob bolalarni ertaklarning sehrli olamiga yetaklashishiga shubha yo‘q.

Sariq Laylak
Sariq Laylak
Описание:

Mazkur kitob Xitoy, Koreys va Rus xalqlari ertaklari jamlangan. Qiziqarli, rangli rasmlar bilan boyitilgan qisqa, ammo eng jajji kitobxonlarga ham birdek tushunarli bo‘lgan ushbu kitob bolalarni ertaklarning sehrli olamiga yetaklashishiga shubha yo‘q.

Bolalar uyi
Bolalar uyi
Описание:

Qadimda bir boy bo`lgan ekan. U shunday boy va qudratli ekanki, qo`shni qirollar uni izzat-xurmat qilibgina qolmay, undan qo`rqishar ham ekan. 

Eshak terisi
Eshak terisi
Описание:

Qadimda bir boy bo`lgan ekan. U shunday boy va qudratli ekanki, qo`shni qirollar uni izzat-xurmat qilibgina qolmay, undan qo`rqishar ham ekan. 

O`zbek xalq ertagi
O`zbek xalq ertagi
Описание:

Ushbu o‘zbek xalq ertagi bo‘lmish “Yoriltosh” ertagi o‘zbek va rus tillarida yozilgan, aziz bolajonlarimizga rus tilini o‘rganishda yordam beradi degan umiddamiz.

Nilufarning Olmalari
Nilufarning Olmalari
Описание:

Qadrli bolalar! Sevimli yozuvchingiz Safar Barnoyevning mazkur hikoyalari qahramonlari milliy qadriyatlaru mustaqillikni tanib o‘sayotgan dono tengdoshlaringizdir. Bu qahramonlarning harakati, tili orqali sizlar momolar, bobolar hayoti bilan tanishib, turli urf-odatlarni, muomalani, madaniyatni o‘rganasiz. Mazkur to‘plam “Bolalarga atalgan eng yaxshi asarlar” ko‘rik tanlovi g‘olibidir.

Uch ayiq. Tulki bilan turna
Uch ayiq. Tulki bilan turna
Описание:

Kichik yoshdagi kitobxonlarimiz uchun ikki ertagimiz o`zbek va rus tillarida bo`lib, qiziqarli va rang-barang sur`atlar bilan bezatilgan. Ushbu ertaklarimiz sizga manzur bo`ladi degan umiddamiz.

 

Sehrgar tabib
Sehrgar tabib
Описание:

O'tgan zamonda, G'arbi-Janub tomonda bir aqlli odam bo'lgan ekan, qiziq ishlar qilgan ekan. Uning sakkiz o'g;li bo'lgan ekan, ota bolalarini juda-juda sevar ekan. 

OOO "Netka Telekom" © 2024